Al-Imom Abu Isʼhoq





Ibrohim ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Ato al-Falxoriy, al-Marvaziy, ash-Shahid  — „Zayn al-islom ash-shahid“ („Islomning shahid ketgan ziynati“) laqabi bilan tanilgan. Kelib chiqishi Marv ahliga borib taqalgan. Ilm, fazl, fatvo va taqvo ahlidan bo‘lgan. Marvdagi Tamimiya madrasasida al-Vohidiyning „al-Vasit“ („O‘rtacha“) kitobidan hadis tinglagan. Shuningdek, yana al-Vohidiyning „Tirozu-l-mag‘oziy“ („Maʼnolar tizimi“) kitobini tinglagan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Al-Marvaziy milodiy 1158-yil (hijriy 536-yil) Xorazmshoh fitnasida o‘ldirilgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz