Alimkent koʻchasi (Toshkent)





Alimkent koʻchasi  — Yashnobod tumanidagi Maxmur va „Umid“ mahallalari hududida. Elbek va Muxtor Ashrafiy koʻchasilari oraligʻida joylashgan. Toshkent viloyati Oqqoʻrgon tumanidagi shu nomdagi joy nomi bilan yoʻritiladi. Uzunligi 2 km atrofida.


1960-yil 29-yanvarda Oxunboboev koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan. Alimkent koʻchasi boshida Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, „Chkalov“ metro bekati (hozirgi Doʻstlik), avtobuslar boshbekati, Qorasuv kanali, koʻcha yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari mavjud. 2008-yil 2-sentabrda Alimkent koʻchasiga tutash koʻchasilar (Mayna Hasanova 1-va 2-tor koʻchalari) nomlarini uygʻunlashtirish maqsadida ular nomlari tegishli raqamlarda Alimkent nomi bilan oʻzgartirildi. Mayna Hasanova berk koʻchasi Alimkent 1-berk koʻchasi deb nomlandi.



Yana qarang




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz