Aliment majburiyati





Aliment majburiyati — OʻzR oila qonunchiligiga koʻra, ota-ona voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga taʼminot berishi shart.




Aliment majburiyati oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladi. Aliment majburiyatlari mulkiy-huquqiy munosabatlar doirasiga kirib, su bilan birga oʻzining baʼzi bir maxsus belgilariga va xususiyatlariga ega. Aliment majburiyatining fuqarolik huquqidagi majburiyatidan farq qiladigan tomonlari mavjud. Aliment majburiyati shunday huquqiy munosabatki, u qonunda belgilangan yuridik faktlar sodir boʻlganda vujudga keladi. Amaldagi qonunchilikda aliment majburiyatlarida bir qator yangi qoidalar belgilangan. OʻzR OK Aliment undirishning 3 tartibini belgilaydi:


1) Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv tuzish;


2) Alimentni ixtiyoriy toʻlash;


3) Alimentni sud tartibida undirish.




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz