ALIMAHSUMOV ORIF (1927.21.5, Toshkent) — xonanda va sozanda, O’zbekiston xalq artisti (1977). Dastlab buvasi usta Qo’chqordan ommaviy kuy va qo’shiqlarni, xonanda E. Haydarovdan katta ashula, Yu. Rajabiy va F. Sodiqovdan maqom yo’llarini o’rgangan; Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1967). O’zbek estrada teatri (1956-57), O’zteleradio (1957-86) da yakkaxon, O’zteleradio huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi makom ansambli (1976— 79 va 1983-86), etnografik ansambl (1979-83) badiiy rahbari, ayni paytda Yangiyo’l shahri. Madaniyat uyi maqomchilar ansambli rahbari (1972-78), Toshkent davlat konservatoriyasi (1983-85), Toshkent davlat san’at institutida (1986 yildan) katta o’qituvchi, dotsent. Alimahsumov tabiatan diapazoni keng, kuchli, lekin mayin ovozga ega. Xonandalikning turli uslublari, ayniqsa, ishkamiy an’analarini puxta o’zlashtirgan. Hajman yirik, baland avjli ashula, katta ashula va maqom yo’llarini ravon va erkin kuylaydi. “Shashmaqom”, “O’zbek xalq musiqasi” va boshqa qator filmlarda maqom va katta ashula yo’llarini ijro etgan. Xalqaro musiqa anjumanlari (Moskva, 1971; Samarqand, 1978, 1983 va boshqalar) ning kontsertlari qatnashchisi. “Sog’lom avlod uchun” (1997), “El-yurt hurmati” (2000) ordenlari bilan mukofotlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Alimahsumov Orif haqida aniq va kengroq ma’lumot berish uchun, iltimos, ushbu shaxs haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki kontekst taqdim etsangiz, yordam berishim osonroq bo‘ladi.
Umuman olganda, O‘zbekiston yoki boshqa davlatlarda Alimahsumov Orif ismli shaxslar turli sohalarda faoliyat yuritishi mumkin: ilm-fan, madaniyat, siyosat, sport va boshqa. Agar u biror jamoat arbobi, olim, yozuvchi yoki boshqa taniqli shaxs bo‘lsa, shuning asosida batafsil ma’lumot berish mumkin.
Siz qaysi soha yoki qaysi kontekstda (masalan, ilmiy ish, ijod, siyosat, shaxsiy hayot va h.k.) Alimahsumov Orif haqida ma’lumot qidirmoqchisiz? Iltimos, shu haqida ma'lumot bering.
Agar umumiy ma’lumot kerak bo‘lsa, yana takrorlayman, Alimahsumov Orif haqida ommaviy manbalarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar nisbatan cheklangan bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot bilan ta'minlasangiz, aniqroq yordam bera olaman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish