Alim Adilov




Olim Odilov (mojarcha: Alim Adilov ) — oʻzbek musavviri. Oʻz ishlarida asosan tabiatni va kishilarni tasvirlaydi. 1990-yillarning boshidan beri Vengriyada istiqomat qiladi.



Hayoti



Olim Odilov 1963-yil Toshkentda tugʻilgan. Otasi rassom boʻlgan. Odilov 1991-yil Londondagi sanʼat akademiyalardan biriga kiradi. Keyinchalik Vengriyaga koʻchib boradi va oʻsha yerda vengr ayol bilan oila quradi. Ularda ikki farzand bor.


Avval Sankt-Peterburgdagi Imperial Sanʼat Akademiyasida (ruscha: Императорская Академия художеств), keyin Londondagi Qirollik Akademiyasida (inglizcha: The Royal Academy of Arts (RA)) tahsil olgan.



Ijodi



Odilovning ijodiga oʻzbek madaniyati katta taʼsir koʻrsatgan. Odilov oʻz ishlarida kishilar, tabiat, oʻzbek madaniyati va vengr madaniyatini ifodalab kelmoqda. Rassom Vengr Sanʼat Birlashmasining aʼzosi. Odilov shu kungacha Moskva, Toshkent, Tokio, Kuala Lumpur, Budapesht, London, Abu Dabi kabi shaharlarda oʻz ishlarini koʻrgazmaga qoʻygan.



Manbalar




Havolalar
















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz