Alif (roman)
«Alif» (portugalcha. O Aleph) — braziliyalik yozuvchi Paulo Coelhoning 2011-yilda yozilgan avtobiografik romani. Roman uning ona tili — portugal tilida yozilgan.
Asar haqida
Asar yozuvchining 2006-yilda Transsibir magistrali boʻylab qilgan sayohatini falsafiy ruhda hikoya qiladi. Oʻzidagi ruhiy va eʼtiqod inqirozini tuzatish yoʻlini sayohat deb biladi . Asar nomi Jorge Luis Borgesning 1945-yildagi qisqa hikoyasi „The Aleph” nomidan olingan. Alif — yahudiy alifbosining birinchi harfi boʻlib, koʻplab sirli maʼnolarga ega. Coelho asar uchun toʻrt yil maʼlumot yigʻadi va romanni uch haftada yozib bitiradi.
Koelo bilan roman haqida New York Times uchun intervyu olgan Juliya Bosman uni „Twitter jumbogʻi” deb taʼriflaydi. Boshqa bir muxbir „Koelo hikoya davomida qiyin atamalarni sodda tarzda berishi klishelarni yorib chiqadi” deydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org