Alice Evans
Alice Evans (1968-yil 2-avgustda tugʻilgan)- ingliz-amerikalik sobiq aktrisa.
Yoshligi
Evans Nyu-Jersi shtatining Sammit shahrida matematik Devid Evans va oʻqituvchi Janet Evans oilasida tugʻilgan. U Bristolda oʻsgan va ikki ukasi Entoni va Filipp bilan birga Henberi maktabida oʻqigan. U London Universitet kollejini fransuz va italyan tillari yoʻnalishini hisobida tamomlagan.
Faoliyati
Oʻqishni tamomlagandan soʻng u Parijdagi Florent oʻquv kursiga oʻqishga kirdi. U fransuz televideniesida 18 oy mobaynida Eliza Top model fransuz sitcomida taba Syuzan rolini oʻynadi. Keyin u Italiyaga 1998-yilda suratga olingan Le ragazze di Piazza di Spagna mini-serialida „Natali“ rolini oʻynash uchun ketdi. Uning ingliz tilidagi birinchi roli Highlanderning „7-sonli bemor“ epizodida boʻlgan.
1999-yilda Disney Evansni Glenn Kloz, Jerar Depardye va uning boʻlajak turmush oʻrtogʻi Ioan Gruffudd bilan birga „ 102 Dalmatin „ filmida suratga tushish uchun taklif qildi. Evansning onasi 59 yoshida filmning soʻngi ekran sinovidan bir kun oldin vafot etgan.
Blackball filmida suratga tushganidan soʻng, u 2003-yilda Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi. Oʻshandan beri u “Mentalist“, „ Birodarlar va opa -singillar“, „Hayot-mamot“ va "Grimm " kabi filmlarda suratga tushdi. Evans The Vampire Diaries va The Originals filmlarida yovuz qahramon Esther rolini oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
2001-yilda Evans Parijda rassom Pablo Pikassoning nabirasi Olivye Vidmayer Pikasso bilan birga yashagan. U Ioan Gruffudd bilan 8 yil davomida ishqiy munosabatda boʻlgan.
Evans birinchi marta aktyor Ioan Gruffudd bilan 102 Dalmatin filmining suratga olish paytida tanishgan. Ular 2006-yilda Yangi yil kuni unashtirildilar va 2007-yil 14-sentabrda Meksikada turmush qurishdi. Ularning 2009 va 2013-yillarda tugʻilgan ikki qizi bor. 2021-yil yanvar oyida Evans Gruffudd bilan ajralishlarini eʼlon qildi. 2021-yil mart oyida Gruffudd Evans bilan ajrashish uchun ariza berdi.
Filmografiyasi
Televideniye
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Alice Evans haqida ma'lumot:
Alice Evans — ingliz-amerikalik aktrisa bo‘lib, u 1971-yil 3-fevralda Angliyaning Kimberli shahrida tug‘ilgan. U kino va televideniyada ko‘plab rollarni ijro etgan. Alice Evans ko‘proq romantik va drama janridagi filmlardagi rollari bilan mashhur.
Uning aktyorlik faoliyati 1990-yillarning o‘rtalarida boshlandi va vaqt o‘tishi bilan u turli xalqaro loyihalarda ishtirok etdi. Bugungi kunda Alice Evans nafaqat Aktrisa, balki jurnalistika, fotograflik va yozuvchilik bilan ham shug‘ullanadi.
Alice Evans, shuningdek, aktyor Ioan Gruffudd bilan turmush qurgan va ularning bir necha farzandi bor.
Agar aniqroq yoki boshqa yo‘nalishdagi ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, so‘rashingiz mumkin!