Alice Comedies





Alice Comedies  — 1920-yillarda Walt Disney tomonidan yaratilgan animatsion/jonli harakatli qisqa metrajli filmlar turkumi. Unda Alice ismli qizaloq (aslida Virjiniya Devis o‘ynagan) va Yuliy ismli animatsion mushuk animatsion landshaftda sarguzashtlarni boshdan kechirishadi.




Alice moʻjizalar mamlakatida



Disney, Ub Iverks va ularning xodimlari 1923-yilda Laugh-O-Gram studiyasini boshqarayotganda Kanzas-Siti shahrida (Missuri shtati) muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shunda soʻng 1923-yilda o‘n daqiqalik qisqa mavzudagi Alice comediesni yaratadilar.


Alice moʻjizalar mamlakatida — Alicening multfilimlar studiyasiga kirib ular qanday yaratilayotganiga guvoh boʻlishi bilan boshlanadi. Alice koʻrgan narsasidan hayratda: multfilm qahramonlari jonlanadi va oʻynaydi. Oʻsha oqshom uyquga ketgandan soʻng, u multfilmlar olamida boʻlishni orzu qiladi va uni barcha qahramonlar kutib olishadi. Bir guruh sherlar qafasdan chiqib, uni taʼqib qilmaguncha, Alice ular bilan oʻynaydi. Bu voqealar keyingi Alice comediesda boʻladigan voqealar uchun zamin yaratishga yordam bergan. Chunki u dunyoni oʻynoqi tushga aylantirdi va yangi serialni belgilaydigan elementlarni taqdim etdi. Haqiqiy qizni animatsion dunyoda oʻrnatish gʻoyasi kino tarixida hali ham noyob hodisa. Keyingi seriyalarning dizayni va ovozi ushbu original film tomonidan oʻrnatilgan.



Alice comediesi seriyasi boshlanadi




Filmni tugatgandan soʻng, studiya bankrot boʻldi va yopilishga majbur boʻladi. Soʻng Disney mustaqil fotogrof sifatida ishlab pul yigʻadi. U amakisi Robert va akasi Roy bilan yashash uchun Los-Anjelesga borish maqsadida bir tomonlama poezd chiptasini sotib oladi. Kaliforniyada Disney shartnoma olish umidida Alice seriyasi uchun takliflar yuborishda davom etaverdi. Nihoyat, Margaret Winkler va uning kelini Charlz Mints tomonidan boshqariladigan Winkler Pictures bilan kelishuv tuzishga erishdi. U Yaqinda Pat Sallivan bilan janjallashib qolganligi sababli, studiya oʻzining markaziy qismidagi Feliks Mushuk animatsion seriyasini tezda almashtirishga muhtoj edi. Disney Devisning oilasini serialda rol o‘ynash uchun Missuridan Los-Anjelesga olib kelishga ko‘ndirgan.



Qisqa filmlar va keyingi nashrlar



Walt Disney ushbu seriyadagi 57 ta filmning hammasiga rejissyorlik va prodyuserlik qiladi. Animatsiyani Walt Disney yaratgan, baʼzan esa Rollin „Xem“ Xemilton yordam bergan. Serial davomida Alice rolini toʻrtta aktrisa oʻynadi: Virjiniya Devis (15), Margi Gey (31), Dawn OʻDay (1) va Lois Xardvik (10). Alice o‘rmonda filmida faqat Virjiniya Devisning arxiv tasvirlari mavjud.





Jami 16 ta Alisa comedieslari yoʻqolgan deb taxmin qilingan va 1 ta Alisa comedieslari (Aliceʼs Auto Race) qisman topilgan.








Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz