Alibobo Rahmatullayev
Alibobo Rahmatullayev (8-fevral, 1991-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonlik futbolchi, yarimhimoyachi.
Futbolchilik faoliyati
Toshkentning «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008—2011-yillarda «Bunyodkor-2», 2012—2014-yillarda esa «Bunyodkor» jamoasida oʻynagan. 2015-yil boshida «Paxtakor» bilan shartnoma imzoladi, biroq tez orada jamoani tar etdi. Oʻsha yilning birinchi yarmida «Buxoro» va Namanganning «Navbahor» jamoalarida oʻynadi. 2015-yilning sentyabr oyidan to oktyabrigacha Ozarbayjon Premyer-Ligasida ishtirok etuvchi «Ravan» klubi oʻyinchisi edi.
Havolalar
uz.wikipedia.org