ALIBI (lotincha alibi — boshqa yerda) — biror jinoyatda ishtiroki bor deb gumon qilingan yoki ayblanayotgan shaxsning jinoyat sodir bo’lgan joyda bo’lmaganidan va uning aybsizligidan dalolat beruvchi dalolat. Jinoyat yuz bergan vaqtda ayblanuvchi mutlaqo boshqa joyda bo’lgani isbotlansa, Alibi aniqlangan hisoblanadi. Jinoyat qilingan paytdan ayblanuvchi boshqa joyda ko’ringanligi o’rtasida tegishli vaqt o’tgan bo’lsa, jinoyat qilishda boshqa yo’l bilan yoki bilvosita ishtirok etgan bo’lsa, bu hol ayblovni rad etolmaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish