Alibekov Sergey Arifovich — o‘zbek multiplikatori: rejissyor, stsenariyachi va sahnalashtiruvchi-rassom. Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 1956 yil 16 may kuni tug‘ilgan.
Qirg‘iz davlat rassomchilik oliygohining haykaltaroshlik bo‘limini tamomlagan. 1977-1979 yillar davomida Toshkent teatr-rassomchilik institutida ta’lim olgan.
1979 yildan ko‘rgazmalarda ishtirok etishni boshlaydi. Dastgohlik tasviriy san’ati va grafika, haykaltaroshlik, kulolchilik, bezak san’at sohalarida faoliyat olib borgan. 1984-1994 yillar “O‘zbekfilm” multbirlashma kinostudiyasida ishlab, rejissyor, rassom va senariy muallifi sifatida faoliyat yuritadi. Alibekovga “Mayin yomg‘ir kutilmoqda” filmi katta shuhrat olib kelib, Leyptsig va Bilbaodagi festivallarda mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 1988 yil S.Alibekov “Veld” filmi sahnalashtiruvchi rassomi bo‘lgan. Rassom yaratgan “Ip”, “To‘xtam”, “Ko‘lmak bo‘yida” multiplikatsion filmlari xalqaro festivallarga mukofotlangan. S.Alibekov O‘zbekiston rassomlar uyushmasi hamda kinematograflar uyushmasi a’zosi.
S.Alibekovning asarlari Moskva shahridagi Tretyakovsk galereyasi, O‘zbekiston Respublikasidagi Kutaissk galereyasida, O‘zbekistonning shaxsiy birlashmalari hamda Rossiyada va chet ellarda joylashgan.
Tasviriy san’at bo‘yicha xalqaro animatsion festivallar hamda rassomlik bo‘yicha biyenallilarning ko‘p karra g‘olibi.