Alibek Davronov
Alibek Davronov (2002-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ futbol klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Ampluasi boʻyicha — markaziy himoyachi. Nasaf jamoasida 2-raqamda maydonga tushadi.
Ilk yillari
Alibek Davronov 2002-yilning 28-dekabrida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida, Fahriddin aka oilasida dunyoga kelgan. Yosh bola vaqtidanoq futbolga mehr qoʻygan Alibek Davronov Qashqadaryo viloyatining asosiy jamoasi boʻlgan Nasaf futbol klubining akademiyasida mashgʻulotlarda qatnasha boshlaydi. Jismoniy jihatdan baquvvat boʻlgan Alisher Davronov murabbiylarning koʻrsatmasiga binoan himoyada toʻp sura boshlagan. Bu koʻrsatmalar oʻzini oqlagan va hozirda Alibek yurtimizning koʻzga koʻringan markaziy himoyachilaridan biridir. Futbolchi 2021-yilning yoz oyiga qadar Nasaf futbol klubining turli yoshdagi jamoalarida toʻp surgan. Ushbu oʻyinlar orqali bosh murabbiy eʼtiboriga tushgan va 2021-yil 1-avgustdan boshlab asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, hozirda Alibek Davronovning transfer narxi 450 000 yevroni tashkil qiladi.
Klubdagi faoliyati
Nasaf jamoasi tarkibida
2021-yil Alibek Davronov Nasaf jamoasi bilan 2021-yil 1-avgustda professional shartnoma imzolagan va shu kundan buyon jamoa tarkibida toʻp surib kelmoqda. Nasaf jamoasidagi oʻzining debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida Jizzax viloyatining Soʻgʻdiyona jamoasiga qarshi oʻtkazgan va jamoa 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Umumiy hisobda Alibek Davronov 2021-yil Oʻzbekiston kubogida 3 ta, OFK kubogida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2022-yil 2022-yil futbolchi uchun anchagina omadli yil boʻldi. Oʻzbekiston Superligasida 24 ta, Osiyo chempionlar ligasida 7 ta, Oʻzbekiston kubogida 4 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, ilk marotaba Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa sharafini himoya qildi. Shu oʻyinlarda umumiy 7 ta sariq kartochka oldi, biror marotaba qizil kartochkaga loyiq koʻrilmadi. 2022-yil davomida 1997 daqiqa vaqtini Nasaf jamoasi uchun maydonda oʻtkazdi.
2023-yil 2023-yil davomida hozircha Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Superligada 2 ta uchrashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga ham erishdi. Umumiy 5 ta sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Oʻzining oʻyini orqali Alibek Davronov koʻplab klublar eʼtiboriga tushgan.
Xalqaro maydonda
Alibek Davronov turli yoshlardagi Oʻzbekiston terma jamoalarida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Himoyada yaxshi harakat qilgan, gol urmagan. Milliy terma jamoaga esa 2022-yilda ilk marotaba chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Debyut oʻyinida 26 daqiqa davomida jamoasi uchun harakat qildi. 2023-yil CAFA Nations Cup musobaqasida 1 ta oʻyinni toʻliq maydonda oʻtkazdi.
Yutuqlari
Jamoaviy
„Nasaf“
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org