ALI SHUNQOR
ALI SHUNQOR (15 – asr 2 – yarmi) -shoir va sozanda-bastakor. Alisher Navoiy va Darvishali Changiylarning ta’kidlashicha, Ali Shunqor noyob iste’dodlardan bo’lib, bir necha bayoz va devonlar tuzgan, bir qancha musiqa asarlari yaratgan. U o’z g’azallariga musiqa bastalab, o’zi kuylagan. Dugoh maqomining turkiy zarb usulidagi “Savti Begumiy” va “Naqshi Begumiy” kabi taronalari bilan shuhrat qozongan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz