Ali Sankabosiy
Ali Sankabosiy (arabcha: على السنكباثى — Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼ Sankabosiy) — Roviy, imom.
Ali Sankabosiy Samarqandning zohid, taqvodor imomi va hadis roviysi boʻlgan. U XI asrning boshida Samarqandga qarashli Sankabos qishlogʻida tugʻilgan. Ali Sankabosiy boshlangʻich taʼlimni otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan olgan.
Ustozlari
Ali Sankabosiy hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan va Ahmad ibn Humayd Sankabosiy. hamda hofiz Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Muhammad ibn Muhammad Astraboziylardan oʻrgangan va ulardan hadis rivoyat qilgan.
Shogirdi
Ali Sankabosiydan roviy va imom Abulqosim Abdulloh ibn Umar Kasoiy. yoki Koshoniy. va Abulhasan Ali ibn Usmon kabi allomalar hadis rivoyat qilgan.
Vafoti
Ali Sankabosiy 452/1061 yili (zulhijja oyining 9 sanasida — 3-yanvarda) Samarqandda vafot etgan..
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org