Ali (qoʻshiqchi)
Cho Yong-jin (1984-yil 20-noyabrda tugʻilgan),
Ali nomi bilan tanilgan janubiy koreyalik musiqiy aktrisa, musiqachi, radio boshlovchisi, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. 2009-yildagi debyutidan soʻng, u birinchi bor KBS dasturining Immortal Songs 2 ishtirokchisi sifatida tan olingan.
Faoliyati
ALi 2009-yilda qoʻshiqchi sifatida debyut qilgan va musiqiy shoularda chiqishlari, xususan, KBS2da Immortal Songs 2 va MBCdagi King of Mask Singer shoularidagi ishtiroki orqali shuhrat qozongan. Hozirda ALI Immortal Songs 2-da ayol ijrochi sifatida eng yuqori ball va eng koʻp gʻalaba qozongan, shuning uchun u „madam of Immortal Songs“ (oʻzbekcha: Oʻlmas qoʻshiqlar honimi) nomi bilan mashhur. U, shuningdek, Seul texnik sanʼat kollejida amaliy musiqa sanʼati professori boʻlib ishlagan. Professor sifatida ALI BtoB aʼzolari Changsub va Hyunsikka dars bergan.
ALi oʻzining birinchi albomi SOULrini 2011-yil dekabr oyida rasmiy debyutidan ikki yil oʻtib ommaga havola qilgan. Chiqarilgan qoʻshiqlaridan biri „Na Young“ darhol munozaralarga sabab boʻlgan, chunki u Janubiy Koreyadagi jinsiy zoʻravonlik ishlari haqidadir. Koʻpchilik qoralovchilar qoʻshiq matni mavzusiga befarq boʻlgani uchun uni tanqid qilishgan. Keyinchalik ALI bu bahsga murojaat qilib, uning oʻzi jinsiy zoʻravonlikdan bazoʻr omon qolganini aytgan. Albomi chiqqandan soʻng u oʻzining birinchi mustaqil kontsertini oʻtkazgan. U, shuningdek, „Balerino“ va „I’m Laughing“ kabi bir nechta Leessang qoʻshiqlarida vokalchi boʻlgan. Shuningdek, u koreys dramalari uchun bir nechta soundtacklarni ijro qilgan.
Yaqinda Ali oʻzining musiqiy debyutini „Rebekka“ musiqiy asarining koreyscha ijrosida qilgan va oʻzining leyblida va radiostansiyasida ishlay boshlagan.
Diskografiyasi
Singllari
Filmografiyasi
Telekoʻrsatuvlarda
Manbalar
uz.wikipedia.org