ALI POSHO TEPELENA, Ali Posho Yanina (taxminan 1744-1822.5.2) — Tepelena (Janubiy Albaniya) dan chiqqan alban mulkdori. Bolqon yarim orolining katta qismiga hokimlik qilgan. Usmonli turk saltanatida Markaziy hokimiyatning zaiflashganidan foydalanib, 1787 yil Yanina shahrini (shimoliy Grestiyada) egallagan, so’ng Albaniya va Gresiyaning 1,5 million kishi yashaydigan katta qismini ham o’ziga tobe etgan (1812). O’zining shaxsiy qo’shini va floti bo’lib, xorijiy davlatlar bilan o’zaro aloqalar o’rnatgan. Ali Poshsho Tepelena mulklarida o’zaro nizolar barham topgan, savdo yo’llari bexavotir bo’lgan. 1820 yil iyulda Turkiya sultoni Mahmud II Ali Poshsho Tepelenaga qarshi urush ochgan va ushbu urush jarayonida Ali Poshsho Tepelena mag’lubiyatga uchrab, halok bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish