Ali ibn Nur




Ali ibn Nur (XV asr) – Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Hirotda faoliyat koʻrsatgan. Navoiyning oʻzi tomonidan tuzilgan birinchi rasmiy devoni “Badoeʼ ul-bidoya”ning nusxalaridan birini koʻchirgan. Bu devon qoʻlyozmasi Tosh­DSHI SHQM, 3-fondda 216-raqam ostida saqlanadi. Kotib qoʻlyozmaga shunday imzo chekkan: “Kotib al-abd Ali ibn Nur fi asharul avsat min shahri jumodiul avval sana 891 baldat ul-Hirot” (Kotib Ali ibn Nur 891-yil jumodiul avval oyining oʻninchisida Hirot shahrida bu devonni koʻchirib tugatdi (yaʼni milodiy 1486-yil 15-may). Mazkur qoʻlyozma hajmi 216 varaqdan iborat. Qoʻl­yozma Hirot xattotlik va badiiy qoʻlyozma sanʼatining noyob namunasi hisoblanadi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz