Ali ibn Hammud an-Nosir
Ali ibn Hammud an-Nosir (arab. علي بن حمود الناصر) (vaf. 22-mart, 1018-yil) 1016-yildan vafotigacha Kordovaning oltinchi xalifasi bo‘lgan. U Andalusdagi Hammudiylar sulolasining a’zosi edi.
Ali ibn Hammud o‘ziga “an-Nosir li-dinilloh” (Allohning dini himoyachisi) degan unvonni qabul qilib, xalifa etib saylangan. Dastlab aholi uni xolisligi uchun olqishlagan; ammo keyinchalik uning qattiqqo‘lligi ham, umaviylarning avvalgi hukmron sulolasidan bo‘lgan hukmdor Abdurrahmon IVning paydo bo‘lishi ham uni mashhurlikdan tushirgan.
Hokimiyatdan ketishi
1018-yilning 22-martida unga qarshi fitna uyushtirilgan va u shu kuni o‘ldirilgan. O‘rniga Abdurahmon xalifa etib saylangan, biroq u o‘z navbatida Alining ukasi, Sevilya gubernatori Qosim al-Ma’mun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org