Ali ibn Abu Tolib masjidi
Koordinatalari: 41°29′6″N 69°36′38″E / 41.48500°N 69.61056°E / 41.48500; 69.61056 G O
Ali ibn Abu Tolib masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel dahasi 3-mavzesida joylashgan jomeʼ masjidi.
Tarixi
1993-yilda tuman xokimligining qarori bilan masjid uchun yer ajratilgan. 1994-yilda Tuzel mahallasi fuqarolari tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Dastlab masjid oʻzbekistonlik ulamolardan biri boʻlmish din va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniy (1885-1976) nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik, 1998-yildan masjidga quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoni vakili, islomda „Xulafo ar-Roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan toʻrt xalifaning toʻrtinchisi, Muhammad (s.a.v) ning amakivachchasi va kuyovi (Fotima zahro (sa) eri) boʻlmish Ali ibn Abu Tolibning (taxminan 600-661) nomi berilgan.
Joylashuvi
Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Tuzel dahasi 3-mavze Choʻlpon koʻchasi 1-uy manzilida joylashgan. Masjidning shimoliy va sharqiy qismida Eshon ota qabristoni joylashgan.
Gallireya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org