Ali ibn Abu Tolib






Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-yil – 661-yil, Koʻfa) — islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan. Muhammadning amakivachchasi va kuyovi (Fotima zahro eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir.




VII asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jangchi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656 — yil iyunda Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻmbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsada, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661 yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan soʻng vafot etadi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning tavsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bilimdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. — „shia“ — guruh, bu oʻrinda „Ali tarafdorlari“ mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan. Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-661, Koʻfa) — islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar“), din-dorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atal-gan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xo-nadonidan. Muhammadning amaki-vachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir. 7-asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jang-chi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656-yil iyunida Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Ali ga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻambarning bevasi Oysha ta-rafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Su-riya hokimi Muoviya ham Ali ga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz ber-gan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsa-da, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Aliaskarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark et-dilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661-yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan soʻng vafot etdi. Islomda Ali shaxsiga munosabat tur-lichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborgan-lar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar ibn al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning taf-sirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bi-limdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari key-inchalik islomdagi shialik (arab.— „shia“ — guruh, bu oʻrinda „Ali taraf-dorlari“ mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab be-ruvchi hisoblanadi. Shialar oʻrtasida Alining qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Shia yoʻnalishining baʼzi ashaddiy firqalari Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad paygʻambardan ham yuqori qoʻyadilar. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan.



Nasablari va hayotlarining dastlabki bosqichi



"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Men hikmat hovlisiman, Ali uning eshigidir", dedilar. Termiziy, Tabaroniy va Hokim rivoyat qilishgan.


Nasab ilmi ulamolari u kishining to'liq nasablarini quyidagicha keltiradilar: Ali Ibn Abu Tolib (uning ismi Abdumanof) ibn Abdulmuttolib (uning ismi Shayba) ibn Hoshim (uning ismi Amr) ibn Abdu Manof (uning ismi Mug'iyra) ibn Qusoy (uning ismi Zayd) ibn Kilob ibn Murra ibn Ka'b ibn Lu'ay ibn G'olib ibn Fehr ibn Molik ibn Nazr ibn Kinona.


U kishining onalari Fotima binti Asad ibn Hishom ibn Abdumanof. Ali ibn Abu Tolib tug'ilganlarida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam 30 yoshda edilar.


Ali Quraysh qabilasi rahbari o'g'li edi, u o'ziga xos sharoitda o'sdi. U o'z otasining yo'lboshchilik ishlari ichida ulg'ayib borar edi. Alining otasi katta o'g'li Tolibning ismi ila Abu Tolib kunyasini olgan Abdumanof ibn Abdulmuttolib ham xuddi shunday muhitda o'sgan edi. Chunki uning otasi Abdulmuttolib ham Qurayshning shayxi, ya'ni yo'lboshchisi bo'lgan.



Hazrati Alining sifatlari



Ibn Sa'd, Tobariy va boshqa ulamolar hazrati Ali ibn Abu Tolib (r.a)ning tana tuzilishlari haqida quyidagilarni rivoyat qiladilar.


"U kishi o'ta bug'doyrang edi. Ko'zlari katta va og'ir edi. Qorni chiqqan edi. Soqoli katta va qalin edi. Ko'kragidagi junlari ko'p edi. Bo'yi pastga yaqinroq edi. Bilagining paylari yog'on edi. Boldirining paylari ham yog'on edi. Yuzi eng chiroyli odamlardan edi. Oq tushgan soqol va sochini o'zgartirmas edi. Sertabassum edi".



Manbalar





















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz