Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy (arabcha: علي بن أبي إبراهيم الأسروشني — Abu Asad Ali ibn Abi Ibrohim Muhammad al-Ustrushaniy) — Muhaddis.
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy Samarqandga qarashli Ustrushan qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqand shahriga borib faoliyatini davom ettirgan.
Shogirdi
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniydan Abulhasan Ali ibn Abi Hasan ibn Ismoil as-Samarqandiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy 446/1054 yili Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Rivoyat qilgan hadis
Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy tomonidan rivoyat qilingan hadis Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida shunday keltirilgan: U Abu Abdulloh Tohir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Haddodiydan kuyidagi hadisni rivoyat qilgan: Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: "Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Bandaning oyoqlari Alloh yoʻlida chang boʻldi deguncha, Alloh jahannamga ularni yondirmoqni harom qilur“- deb marhamat qilgan".
Manbalar
uz.wikipedia.org