Ali ibn Abdulaziz Marg'inoniy





Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy (arabcha: على بن عبد العزيز المرغيناني — Ali ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq Zahiriddin Kabir Margʻinoniy) — faqih.


Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy XI asr oʻrtalarida Margʻinonda muhaddis Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy xonadonida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulaziz Margʻinoniydan olgan.




Ustozlari



Keyinchalik Sayyid ibn Shujoʼ, Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza va Burhoniddin Kabir Abdulazizlar huzuriga borib, fiqh boʻyicha taʼlimini davom ettirgan.



Shogirdlari



Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniydan fiqh borasida oʻgʻli Abulmahosin Zahiriddin Hasan ibn Ali, Qivomuddin Ahmad ibn Abdurrashid va Tohir ibn Ahmadlar taʼlim olgan.



Vafoti



Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy 506/1112-13 yili vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz