Ali Hasan al-Majid




Ali Hasan Abdul-Majid at-Tikritiy ( arabcha: علي حسن المجيد shuningdek, Kimyogar Ali sifatida ham tanilgan; 30-noyabr, 1941-yil - 25-yanvar, 2010-yil) - Iroq davlat arbobi, harbiy mulozim. U o`z birodari Saddam Husayn davrida Iroq mudofaa vaziri bo`lgan. Iroq razvedka xizmati direktori lavozimida ishlagan. Anfol dasturiga (Kurd aholisini kimyoviy qurol bilan yo'q qilish) aloqadorligi uchun osib o'ldirishga hukm qilingan. Hukm 2010-yil, 25-yanvarda ijro etilgan.




Tarjimayi hol



Rasmiy manbalarga ko‘ra, Ali al-Majid 1941-yili Tikritda tug‘ilgan, biroq uning tavallud sanasi noma'lum. U ham amakivachchasi kabi Abu Nosir qabilasidan bo‘lgan. Kambag‘al oilada o‘sgan. U 1968-yilda Baʼs partiyasi boshqaruvni qoʻlga kiritgunga qadar Iroq armiyasida mototsikl kuryeri va haydovchisi boʻlib ishlagan.


Amakivachchasining yordamiga tayangan Ali al-Majid martaba pillapoyalaridan tezda ko‘tarildi. Baʼs partiyasiga qo‘shilganidan so‘ng u avvaliga Iroq mudofaa vaziri Hammadi Shihobning yordamchisi, so`ngra xavfsizlik byurosida hukumat rahbari bo‘ladi. 1979-yilda Saddam Husayn mamlakat prezidenti lavozimini egallagach Ali Hasan uning eng yaqin harbiy maslahatchilaridan biriga aylangan.



Tribunal



Al-Anfol ishi



Saddam Husayn rejimi qulagandan so'ng, Kimyogar Ali hokimiyatdan ag'darilgan prezident va partiyadoshlari bilan birga Iroq maxsus tribunaliga olib chiqildi. Ali Hasan al-Majid Iroq tribunali (raisi - kurd) tomonidan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi harakatlarda, xususan, kurdlarning genotsidida ayblangan. Anfol sudining birinchi majlisida Kimyogar Ali sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi va "Men sukut saqlayman" deydi. Sud majlislarida al-Majid Saddam kabi erkin edi. Sudda "Kimyogar Ali" o'z harakatlarini noto'g'ri deb hisoblamasligini ta'kidladi va hukumat harakatlari sababi kurdlarga nisbatan millatchilik emas, balki Iroqning yaxlitligini parchalashga bo`lgan kurdlarning urinishlari ekanligini ta'kidlaydi.


2007-yilning 24-iyunida Iroq tribunali Ali Hasan al-Majidni osib o'ldirishga hukm qiladi. Hukm e'lon qilinayotganda u hech qanday munosabat bildirmay, qimir etmay turadi, qolgan sudlanuvchilar esa hukmni eshitib, norozilik bildira boshlaydilar. 4-sentabr kuni Iroq apellyatsiya sudi Oliy tribunalning Ali al-Majidga nisbatan ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirdi, biroq qatl 13-oktabr kuniga, ya'ni muqaddas Ramazon oyi oxiriga qoldiriladi. Bayramdan so`ng Bosh vazir Nuri al-Malikiy, Iroq prezidenti Jalol Talabani va uning o'rinbosari Tariq al-Hoshimiylar o`rtasidagi ixtiloflar hukm ijrosining kechikishiga olib keladi. Shunga qaramay, 2008-yil, 29-fevralda Iroq Prezident kengashi Ali Hasan al-Majidga o'lim hukmini tasdiqladi, biroq u ijro etilmadi.


2010-yil, 17-yanvarda al-Majid Anfol ishi boʻyicha toʻrtinchi marta oʻlimga hukm qilindi .



Ijro



2010-yil, 25-yanvar, dushanba kuni Ali Hasan al-Majid Bag‘dod qamoqxonasida dorga osildi.


U Saddam Husaynning Al-Auja qishlog'ida, uning qabridan uncha uzoq bo'lmagan joyda dafn etilgan .



Va shuningdek...




Eslatmalar




Havolalar













uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz