Ali Hamroyev
Ali Ergashevich Hamroyev (1937-yil, 19-may, Toshkent) — taniqli oʻzbek rejissori, ssenariychisi va aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Hamroyev 1960- va 1970-yillarda olgan filmlari bilan SSRIda shuhrat qozongan. Ali Hamroyev shu kungacha 30 dan oshiq hujjatli film va 20 dan oshiq badiiy film yaratgan.
Hamroyevning eng mashhur filmlari „Yor-Yor“ (1964), „Soqchi“ (1972) va „Vuodillik kelin“ (1984) filmlaridir. Hamroyevning „Bo Ba Bu” (1998) filmi koʻplab Yevropa mamlakatlarida namotish qilingan. 2010-yil Hamroyev oʻzining yangi filmida Jack Nicholson Amir Temur rolini oʻynashga rozi boʻlganini eʼlon qildi.
Hayoti
Ali Hamroyev 1937-yil 19-mayda Toshkenda tugʻilgan. Otasi Ergash Hamroyev. Ali Hamroyev Moskvadagi Gerasimov nomli Kinematografiya Institudida (VGIK) tahsil olgan. VGIKni 1961-yil tugatgan.
Ijodi
Hamroyev 1961-yildan „Oʻzbekfilm“da rejisssor boʻlib ishlay boshlagan. „Bolalar haqida kichik hikoyalar“ uning birinchi filmi. Ali Hamroyev „Yor-yor“, birinchi oʻzbek film-operasi „Dilorom“, „Laylak keldi, yoz boʻldi“, „Qizil qum“, „Favqulodda komissar“, „Shijoat“, „Yettinchi oʻq“, „Muxlis“, „Inson qushlar ortidan boradi“ (Dehli festivalida „Eng yaxshi rejissura uchun“ sovrinini olgan, 1977), „Mevazorlik ayol“ kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, „Salom, Bahor!“, „Turkiston“, „Oʻzbekiston“, „Toshkent jasorati“ va boshqa hujjatli filmlarga ham rejisorrlik qilgan.
Filmografiyasi
Rejissor
Ssenariy muallifi
Aktyor
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org