Ali Crawford
Alister Crawford (talaffuzi: Alister Krouford) (1991-yil 30-iyulda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Ali Crawford Shotlandiya Premer ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Hamilton Academical
Ali Crawford Angliyaning Lanark shahrida tugʻilgan. Ali Crawford yoshligida „Carluke Milton Rovers“ va „Heart of Midlothian“ futbol klublarining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Ali Crawford 2006-yilda „Hamilton Academical“ futbol klubi safiga qabul qilingan. Ali Crawford klubdagi ilk oʻyinini 2010-yil 13-yanvarda „Dundee United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Shundan soʻng Ali Crawford 2010—2011-yilgi mavsum uchun „Boʻness United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Ali Crawford ijaradan asosiy klub safiga qaytganidan soʻng, 2011-yilning may oyida „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan.
2014-yilning oktyabr oyida Ali Crawford klub bilan 2018-yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan.
2016-yil sentyabr oyida „Hamilton“ klubi menejeri Martin Canning Ali Crawfordga Shotlandiya milliy futbol terma jamoasida oʻynashini taklif qilgan. 2016-yilning noyabrida klub sardori Michael Devlin Ali Crawford 2017-yilning yanvaridagi transfer oynasida jamoani tark etmasligiga umid qilishini aytgan. 2016-yil dekabr oyida klub menejeri Canning Ali Crawfordni 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha klubda saqlab qolishini aytgan.
Afsuski, 2017—2018-yilgi mavsum oxirida Ali Crawford „Hamilton“ futbol klubini tark etishini va bundan keyingi faoliyatini Angliyada davom ettirishini aytgan.
Doncaster Rovers
2018-yilning 10-iyulida Ali Crawford Birinchi liga vakili „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Bolton Wanderers
2019-yil 2-sentyabrda Ali Crawford „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan imzolagan shartnomasini bekor qilganidan soʻng, Birinchi liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi safiga mavsum oxirigacha muddatga moʻljallangan shartnoma imzolagan. Ali Crawford klub safidagi debyut oʻyinini 14-sentyabr kuni „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (6:1) oʻtkazgan. Ali Crawford klub safidagi birinchi golini 1-oktyabr kuni „Rochdale“ futbol klubiga qarshi boʻlib oʻtgan uchrashuvda kiritgan. 26-iyun kuni Ali Crawford klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.
Tranmere Rovers (ijara) 2021-yil 1-fevralda Ali Crawford „Tranmere Rovers“ futbol kubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.
St Johnstone
2021-yil 31-avgustda Ali Crawford Shotlandiyaga qaytib, „St Johnstone“ futbol klubiga 2022-yil yanvarigacha olti oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.
2022-yil 3-yanvarda Ali Crawford „St Johnstone“ futbol klubi bilan 2024-yilgacha doimiy shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
2022-yil 22-oktyabr holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org