Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari





“Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” — Sovet oʻzbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehraning birinchi ishi (ikkinchi hamkorlikdagi ishi 1984-yilda suratga olingan "Muhabbat haqida afsona" filmidir.




Filmning qisqacha mazmuni



Mazkur film “Ming bir kecha” ertaklari asosida melodrama, komediya va myuzikl koʻrinishadagi ertakka asoslanib ishlangan. Filmning asosiy gʻoyasi bechorahol oʻtinchi Alibobo haqida boʻlib, u qaroqchilarning gʻorida mislsiz boylik topib oladi. Akasi Qosim esa ochkoʻzligi tufayli halok boʻladi.  



Asl manbalardagi farqlar



Ushbu filmda bir qancha timsollar, lavhalar “Alibobo va 40 qaroqchilar” arab tili ertagida boʻlmagan joylari: Gulobod shahri aholisi va hukmdor va xalq oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar, shaharda ichimlik suvi savdosi tufayli suv ta’minotidagi muammolar, bumerang va kabutarlardan xat tashuvchi sifatida foydalanish, Hindistonning chekka hududlarida fitna va saroy toʻntarilishi, poroxni portlovchi modda sifatida ishlatishi ifodalangan. Shahar hukmdori va qaroqchilar boshligʻining gʻarazli manfaatlari - bir kishining ikki xil qiyofada (ham Gulobod hukmdori, ham Abu Hasan) ochib beriladi.


Adabiyot manbalarida keltirilishicha,  barcha voqealar jarayoni Eronda boʻlib oʻtadi, Marjona esa faqat joriya qiz boʻlib, asar yakunida Alibobo uyini qaroqchilardan qutqarib, oilaga singil sifatida qabul qilinadi.



Rollarda




Filmning yaratilishi va tarixi



Ushbu film Markaziy Osiyoning choʻl va me’moriy shahar manzaralari, hind qoʻshiqlari, raqslari va jang sahnalari bilan toʻldiriladi. Mazkur filmdagi voqealar SSSR hududida va Hindistonda suratga olingan. Suratga olish ishlarining 70 foizi asosan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan. Asosiy syujetga boy sahnalar Buxoro, Toshkent va qoʻshni Dushanbeda suratga olinadi. Bosh rollarni turli millat vakillaridan tashkil topgan hind, rus, arman, oʻzbek, gruzin, turkman va qirgʻiz sovet kinosi yulduzlari ijro etgan.



Soundtrek



Hindiston kino san’atida shakllangan an’anaga koʻra, sahna ortida hindistonlik qoʻshiqchilar Lata Mangeshkar va uning singlisi Asha Bhosle, shuningdek, taniqli hind kino aktyori va qoʻshiqchisi Kishore Kumar tomonidan qoʻshiqlar ijro etiladi. Filmning sovet talqinida 3 ta, hindchasida 5 ta qoʻshiq ijro etilgan.


Mukofotlar




(rassomlar ishi uchun mukofot)




Filmning ikki talqini



Hindistonda ishlab chiqarilgani  Sovet talqinidan 24 daqiqaga koʻproq. Hindchasida  qaroqchilar sehrli gʻordan chiqib ketishi va ularning dasht boʻylab yugurishi bilan boshlanadi. Sovet talqinida ("Asrlar davomida saqlanib qolgan afsonalar, bizga olislardan kirib keladi...") muallif ovozi bilan boshlanadi, soʻng savdo karvoni choʻl boʻylab oʻtayotgan epizodga singib ketadi. Hind variantida koʻproq jang sahnalar va portlashlar mavjud.



Qiziqarli faktlar




Manbalar




Tomosha qilish uchun



Приключения Али Бабы и сорока разбойников Youtube.com








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz