Ali bahodir





„Ali bahodir“ — kurd xalq ertaklarini oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1967-yil „Kurd xalq ertaklari“ nomi bilan (ruscha: Курдские народные сказки) rus tilida chop etilgan. Toʻplamni Arab Shamilov bolalar uchun moslashtirib tuzgan. Unga kiritilgan ertaklarni kurd tilidan rus tiliga V. Gatsak tarjima qilgan.


Asarni H. Poʻlatov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1971-yil Toshkent shaharida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.




Ertaklar




Ruscha nashr



Toʻplam 1967-yil „Kurd xalq ertaklari“ nomi bilan (ruscha: Курдские народные сказки) Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamni Arab Shamilov bolalar uchun moslashtirib tuzgan. Unga kiritilgan ertaklarni kurd tilidan rus tiliga V. Gatsak tarjima qilgan. Asar rasmlarini Nikolay Kochergin chizgan.



Oʻzbekcha tarjima



Asarni oʻzbek tiliga H. Poʻlatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1971-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Sodiqov – muharrir, R. Levitskiy – rassom, A. Li – rasmlar muharriri, V. Borsukova – texnik muharrir, Sh. Zuhriddinov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz