Ali az-Zarzamiy





Ali ibn Hajar ibn Saʼd ibn Iyos ibn Muqotil ibn Muxodish ibn al-Mushmarij as-Saʼdiy az-Zarzamiy (Abul Hasan). U hijriy 154-yilda tugʻilgan. Zarzam qishlog‘ida yashab, o‘sha yerda vafot etgan. Marvning imomlari hamda taniqli taqvodor, ishonchli olimlaridan biri bo‘lgan. Hujjati to‘g‘ri hisoblangan fozil, orif adib va tilshunos bo‘lgan. Iroqqa safar qilib, Iroq va Hijoz ulamolari darajasiga yetgan. Ulamolardan rivoyat qilgan va undan Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va boshqalar rivoyat qilganlar. Uning oldiga tuli shaharlardan imomlar kelishgan.
Ali az-Zarzamiy hijriy 244-yilda vafot etgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz