Ali Atay
Dursun Ali Atay (1976-yil 20-aprel) – turk aktyori, musiqachi, ssenariychi va rejissyor.
Hayot va faoliyati
Atay Mimar Sinon go'zal san'at universitetining teatr yoʻnalishin tamomlagan. Mashhur Leyla bilan Mecnun komediya serialidagi Mecnun roli bilan mashhur boʻlgan. Eng yaxshi aktyor Tribeca mukofoti sohibi boʻlgan.
1999-yildan beri oʻn beshdan ortiq film va teatr spektakllarida rol ijro etgan.Toronto xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan Demet Evgar, Damla Sönmez, Ahmet Mümtaz Taylan bilan birga „Sen Aydınlatırsın Geceyi“ nomli filmida rol ijro etgan .Keyinchalik Turkiyaning Ayla filmida 90-Oskar mukofotlari ishtirokida Ali Astubay rolini ijro etgan. „Nuh tepasi“ filmida esa bosh rolni oʻynagan.
Atay Mutlu Ol Yeter komediya serialida Aslı Enver, Öner Erkan va Ertan Saban bilan birga bosh rol ijro etgan. 2017-yilda BluTV’s telikanalining ilk turk seriali boʻlgan „Maʼsum“da Komissar Yusuf obrazini ijro etgan. Bosh rolni Haluk Bilginer, Nur Sürer va Okan Yalabik bilan birga oʻynagan. Keyinchalik „Son Yaz“ serialida ham rol ijro etgan.
2014-yil iyun oyida uning yangi Limonata filmini suratga olish ishlari boshlangan. Film rejissyor va stsenariy sifatidagi ilk tajribasini olgan, filmda bosh rollarni Serkan Keskin va Ertan Saban kabi aktyorlar ijro etishgan.
Filmografiyasi
Direktor
Ssenariy muallifi
Film
Veb-seriya
Tv Seryal
Qoʻshiqlar
Covers
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org