Ali al-Miyonajiy





Ali ibn al-Hasan ibn Ali al-Miyonajiy (Abul Hasan) – Hamadon qozisi bo‘lgan, o‘sha yerda shahid ketgan. Bag‘dodga borib, u yerda hadislar eshitgan va fiqh ilmidan tahsil olgan. Fazilat va maʼrifat sohibi bo‘lgan. Adab va fiqh ilmini to‘liq o‘zlashtirgan. Balog‘at ilmini egallagan shoir va mutakallim bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Dushmanlari kelishib olib, hijriy 471-yilda Ali al-Miyonajiyni shafqatsizlarcha o‘ldirganlar .



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz