Ali al-Kushoniy (Abul Hasan)
Ali ibn Mavjud ibn al-Hasan al-Kushoniy (Abul Hasan) — fozil imom, atoqli bahs-munozara qiluvchi, voiz va faqat haqiqatni so‘zlovchi inson bo‘lgan. U hijriy 480-yil ramazon oyining 27-sanasida tug‘ilgan. Marvdagi „al-Madrasa al-xoqoniya“da o‘quv ishlarini boshqargan. Marvda istiqomat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Ali al-Kushoniy milodiy 1162-yil (hijriy 557-yil)da vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org