Ali al-Bobdastoniy
Ali ibn al-Husayn ibn Nasr ibn Xaroson ibn Abdulloh al-Bobdastoniy — hanafiy faqih. Uning nisbasi „Bob daston“ („Doston eshigi“) nomidan olingan. Bu nom Samarqandda mashhur bo‘lgan. U haqida juda ko‘p ulamolar rivoyat qilganlar. U 368/979-yil safar oyida Samarqandda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org