Al-Hajjoj as-Saqafiy





Hajjoj Ibn Yusuf (arabcha: حجاج بن يوسف — Hajjoj Ibn Yusuf — Toʻliq ismi:Hajjoj Ibn Yusuf Saqafiy (660-714)) — noib va qoʻmondon.



Hayoti



Hajjoj Ibn Yusuf, al-Haj joj as-Saqafiy (660, Toif — 714, Vosit) — umaviylarnnig Hijoz (692—694) va Iroqdagi (694-yildan) noibi, xatib. Toifda dars berish bilan shugʻullangan, soʻngra Damashqda xalifa Abdulmalik ibn Marvonning noibi Ruh ibn Zinboʼning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi. 691—692-yillarda Makkada isyon koʻtargan Abdulloh ibn az-Zubayrga qarshi kurashgan umaviylar qoʻshini qoʻmondoni. Xalifa uni Hijoz, Yaman, Yamoma voliysi etib tayinlagan, keyinchalik unga Iroqni ham bergan. Umaviylarning siyosiy muxoliflariga nisbatan shafqatsizligi bilan shuhrat qozongan. 700-yilda moliya va soliq islohoti oʻtkazgan, Vosit shahriga asos solgan, Furot va Dajla daryolarining quyi oqimi boʻylaridagi botqoqliklarni quritib, qishloq xoʻjaligi ekinlari ektirgan, sugʻorish kanallarini qayta tiklagan. Bu tadbirlar natijasida Umaviylar hokimiyati mustahkamlangan, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda bosqinchilik siyosati olib borish imkoniyati tugʻilgan. Bosqinchilik yurishlari Hajjoj Ibn Yusuf rahbarligi ostida, unga tobe arab sarkardalari tomonidan olib borilgan (qarang Kutayba ibn Muslim). Arab yozuvida nuqta va harakat belgilari qoʻyilishi joriy qilinishini Hajjoj Ibn Yusuf nomi bilan bogʻlaydilar.


Mahfuza Alimova.




Manbalar



















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz