ALGORITMIK TIL – biror masala yechimini algoritm ko’rinishida yozishga imkon beradigan dastur tuzish tili. Algoritmik tilni qo’llash sintaksis (asosiy misollardan qurilma tuzish qoidalari tizimi) va semantika (ularni bir xil sharhlash qoidalari tizimi) bilan belgilanadi. Alifboning ba’zi harflari yoki biror boshqa timsollar Algoritmik tilning timsollari bo’lishi mumkin. So’zlar, gaplar, jadvallar va boshqa ifodalar Algoritmik til qurilmalari hisoblanadi. Shaxmat o’yini tibbiy tashxis qo’yish, fikrlash jarayonlarini modellashda Algoritmik tilning alohida guruhi — IPL, LISP, SLIP va boshqalar qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish