Alfredo Morelos




Alfredo José Morelos Aviléz ( talaffuzi: Alfredo Xose Morelos Aviles; 1996-yil 21-iyunda Kolumbiyada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Rangers“ futbol klubi va Kolumbiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.



Klublardagi faoliyati



Alfredo Morelos professional faoliyatini „Independiente Medellín“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 1-sentyabrda Mustang kubogida „Rionegro Águilas“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 6-sentyabr kuni „Zipaquira“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos jamoadagi ilk golini urd.


2016-yil boshida Alfredo Morelos oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Finlandiya „HJK“ jamoasiga ijaraga oʻtgan. 2-aprel kuni „Mariehamn“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Viekkaus ligasida debyut qilgan. 8-aprel kuni „WPS“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „HJK“ safida birinchi golini urgan. Ijara tugagandan soʻng, u „Independiente Medellin“ futbol klubiga qaytgan.


2017-yilning yozida Alfredo Morelos Shotlandiyaning „Rangers“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,2 million yevroni tashkil qilgan. 29-iyun kuni Alfredo Morelos asosiy jamoadagi debyutini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga qarshi o‘tkazgan. U Shotlandiya premyer ligasida debyutini 6-avgust kuni „Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 12-avgust kuni „Hibernian“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „Rangers“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.



Xalqaro faoliyati



2013-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi bilan Alfredo Morelos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ekvador, Venesuela, Paragvay va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Nilsson Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Turnirda Argentina, Urugvay, Braziliya, Chili, Venesuela va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.


2018-yilning 8-sentyabr kuni Alfredo Morelos Kolumbiya terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz