Alfred Verner




Alfred Werner (talaffuzi: Alfred Verner) (1866.12.12, Myuluz, Elzas — 1919.15.11, Syurix) — shveysariyalik anorganik kimyogar, kompleks birikmalar kimyosi asoschilaridan biri. Syurix universiteti professor (1893-yildan). V. maʼlum boʻlgan va hali maʼlum boʻlmagan juda koʻp birikmalarni sintez qilgan, ularni tartibga va bir tizimga solgan. Bu birikmalar tuzilishini isbot qilish maqsadida amaliy usullar ishlab chiqqan. V.ning ichki kompleks birikmalar toʻgʻrisidagi qarashlari koʻpgina organik moddalar (xlorofill, gemoglobin va b.)ning tuzilishini aniqlashga yordam berdi. Uning koordinatsion nazariyasi kompleks birikmalar kimyosiga asos soldi va bilimning turli fan sohalarida keng qoʻllanildi. Nobel mukofoti laureati (1913).



Manbalar
















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz