Alfred Karlovich Arends




Alfred Karlovich Arends (1893, Peterburg — 1978, Toshkent) — sharqshunos olim.


Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Filol. fanlari doktori (1963). Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1936-yildan sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetida Eron filol. kafedrasi mudiri (1947 — 52). 1952-yildan Oʻzbekiston Sharqshunoslik institutida ishlagan. A. „Tarixi Mas’udiy“ kitobining ilmiy-tanqidiy matni va ilmiy tadqiqoti mavzuida ilmiy ishlar olib borgan. Oʻzbekistonda sharqshunoslik fanini rivojlantirishda, yosh olimlar yetishtirish va tarbiyalash sohasida muayyan xizmat koʻrsatgan.



Adabiyotlar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz