Alfred Hershey




Alfred Hershey (1908.4.12, Lansing Michigan shtati — 1997.22.5) — amerikalik genetik va virusolog, Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi. AKGL Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1958-yildan). Michigan universitetini tugatgan (1930). 1934—50 yillarda Vashington universitetida dare bergan. 1950-yildan Karnegi institutida iishagan (1962-yildan direktor). Ilmiy faoliyati bakteriofaglar genetikasi va DNK virusi kimyosiga oid. X. bakteriofaglar xromosomasining genetik xaritasini tuzdi; bakteriofaglar irsiyatini tashuvchisi uning DNK si ekanligini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1969, Maks Delbryuk va Salvador Luriya bilan hamkorlikda).



Manbalar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz