Alfie Jones





Alfie Charles Jones (talaffuzi: Alfi Charlz Jons) (1997-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Alfie Jones „Hull City“ futbol klubida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynaydi.




Faoliyati



Alfie Jones Bristolning chekkasida joylashgan kichik bir Long Ashton qishlogʻida oʻsgan. Alfie Jones yoshligida Backwell maktabida oʻqigan va Bathdagi Southhampton akademiyasi jamoasida oʻynagan. 


Alfie Jones 2018—2019-yilgi mavsumda Shotlandiya Premer-ligasi vakili „St Mirren“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida oʻynagan. 2019-yil yanvar oyida „St Mirren“ futbol klubi Alfie Jones bilan imzolangan shartnomani bekor qilgan edi.


2019-yil 2-iyulda Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubi safiga bir mavsumga ijaraga olindi. „Gillingham“ futbol klubidagi faoliyati davomida Alfie Jones barcha musobaqalarda 36 ta oʻyin oʻtkazdi.


2020-yil 4-sentyabrda Alfie Jones nomaʼlum toʻlov evaziga Birinchi Liga vakili „Hull City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Alfie Jones „Hull City“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Alfie Jones klubdagi ilk debyut oʻyinini 2020-yil 8-sentyabrda „Leicester City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Bu oʻyin „Leicester City“ futbol klubining (1:2 hisobida) gʻalabasi bilan yakunlandi. 2021-yil 18-may kuni „Hull City“ futbol klubi Alfie Jones bilan imzolangan shartnomaning bir yillik uzaytirish imkoniyatidan foydalanganliklarini eʼlon qildi. 2021-yil 9-iyun kuni „Hull City“ futbol klubi Alfie Jones bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolaganini va Alfie Jones klubda yana bir yil faoliyatini davom ettirish varianti borligini eʼlon qildi.



Oʻyin uslubi



Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubiga g kelishidan oldin asosan himoyachi sifatida maydonda harakatlangan edi. Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubi safida yarim himoyachi sifatida maydonga tushadigan boʻldi.



Faoliyat statistikasi




Yutuqlar



Hull City




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz