ALEYKSANDRE (Aleixandre) Visente – (1898.26.4, Sevilya – 1984) – ispan shoiri, Ispaniya Qirollik akademiyasi akademigi. Asarlarini 1928 yildan e’lon qila boshlagan. Ilk she’riy to’plamlariga kirgan asarlarida syurrealizm g’oyasi kuchli. Ispan xalqining milliy — inqilobiy urushi davri (1936 — 39) da fashizmga qarshi ruxda she’rlar yozdi. “Jannat ko’lankasi” (1944), “So’nggi tug’ilish” (1953), “Qalb tarixi” (1954), “Botiniy dialog” (1974) to’plamlari insonparvarlikni tarannum etuvchi falsafiy lirikadan iborat. “Uchrashuvlar” (1954) nomli xotiralar kitobida o’ziga zamondosh yozuvchilar portretini bergan. Nobel mukofoti laureati (1977).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish