Alexis Vega





Ernesto Alexis Vega Roxas (1997-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX klubi Guadalajara va Meksika terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.




Klubdagi faoliyati



Toluca



Vega 2016-yilning 27-fevralida „Pachua“ga qarshi ligasi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan. 5-aprel kuni u Toluca uchun birinchi professional golini Libertadores kubogida Ekvadorning LDU de Quito klubiga qarshi oʻyinda kiritgan, oʻyin 2:1 hisobida yakunlangan va Toluca turnirning 1/8 finaliga yoʻllanma olgan. 16-aprel kuni Vega ligadagi dastlabki dublini Verakrusga qarshi oʻyinda kiritgan.



Guadalajara



2018-yilning 8-dekabrida Vega Guadalajaraga 9 million dollar evaziga oʻtayotgani eʼlon qilingan va bu transfer klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylangan.


2019-yil 16-fevralda oltita oʻyinda hech qanday golsiz oʻynab, ketma-ket uchta oʻyinni gʻalabasiz oʻtkazgan Vega shaharlik raqibi „Atlas“ga qarshi oʻyinda (3:0) 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, bu oʻzining faoliyatidagi ilk xet-trikiga aylangan.


2021/22-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Vega 10-raqamli libosda maydinga tushishi aniq boʻlgan.



Xalqaro faoliyati



Vega terma jamoadagi debyutini 2019-yil 26-mart kuni Gerardo Martino qoʻl ostida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida, 78-daqiqada Xaver Ernandesning oʻrniga maydonga tushgan holda boshlagan.


2019-yil may oyida Vega 2019-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritilgan va keyinchalik yakuniy roʻyxatdan ham joy olgan. Birinchi guruh bosqichida Kubaga qarshi oʻyinda u milliy terma jamoa bilan 7:0 hisobida gʻalabaga erishgan va bu oʻyinda oʻzining terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. Meksika turnirda gʻalaba qozongan.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar

Yutuqlar



Meksika U23




Meksika




Shaxsiy yutuqlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz