Alexis Sánchez
Alexis Alejandro Sánchez Sánchez (1988-yil 19-dekabrda tugʻilgan) shuningdek
Alexis nomi bilan ham tanilgan chililik professional futbolchiSerie A „Inter“ klubi va Chili terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. U koʻpincha barcha davrlarning eng buyuk chililik futbolchisi sifatida tilga olinadi.
Klublardagi faoliyati
Sanchez 1999-yilda Rankagua shahrida joylashgan Universidad Católica akademiyasida faoliyatini boshlagan, unga chililik sobiq xalqaro futbolchi Rene Valensuela murabbiylik qiladi. Bundan tashqari u milliy chempionatda Tocopilla shahri jamoasi Escuela Bernardo OʻHiggins sharafini himoya qilgan.
Argentinadagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Sanchez 2008-yil iyul oyida Janubiy Amerika jamoasini tark etib Udinezega qoʻshildi va u yerda chililik vatandoshi Maurisio Isla bilan bitta jamoada o`ynashga sazova bo`ldi. Sanchez oʻzining debyutini Bassanoga jamoasiga qarshi oʻtkazadi va o`yining eng yaxshi oʻyinchi deb topildi. 14-sentabr kuni u A Seriyadagi ilk oʻyinini "Yuventus"qarshi oʻtkazgan. 2008-yil 19-oktabrda Sanchez ligadagi birinchi golini Lechche darvozasiga kiritdi.
2011-yil 20-iyulda "Barselona"ga 26 million yevroga evaziga transfer boʻldi. Sanchez klubda oʻynagan birinchi chililik boʻldi. „Sanchez juda yosh“ dedi oʻsha paytdagi bosh murabbiy Pep Gvardiola.
2014-yilning 10-iyulida Sanchez "Arsenal"ga 31,7 million funt sterling evaziga transfer qilindi. Sanchezga avval Nacho Monreal to`p surgan 17-raqam berildi.
2018-yil 22-yanvarda Sanchez „Manchester Yunayted“ga oʻtishni yakunlagani eʼlon qilindi. Sanchezga 7-raqamli futbolka berildi. U Angliya kubogining toʻrtinchi bosqichida " Yovil Taun "ga qarshi oʻyinda (4:0) klub safida debyut qildi.
2019-yilning 29-avgustida Sanchez 2019/20-yilgi mavsum davomida Milanning „Inter“ klubiga ijaraga oʻtdi. U „Manchester Yunayted“ bilan shartnoma imzolaganidan afsuslanmasligini, lekin koʻproq oʻyin tajribasiga kerakligini aytdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Faoliyatining dastlabki yillarida Sanchez 2004-yil Janubiy Amerika chempionatida Chili bilan 15 yoshgacha boʻlganlar jamoasida va 2005-yilgi Janubiy Amerika chempionatida Chili U17 bilan ishtirok etgan.
Sanchez 2006-yilning 27-aprelida Chili terma jamoasi safida Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda debyut qildi U murabbiy Xose Sulantay tomonidan 2007-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionatida Chilining 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilish uchun chaqirilgan.
Shaxsiy hayot
2017-yil mart oyida Sanchezning tugʻilgan kunida Tokopilla shahrida uning sharafiga haykal oʻrnatgan edi.
2015-yil oktabr oyida Sanchez Huawei brendi elchisi etib tayinlandi.
2017-yil fevral oyida Sanchez Pepsi bilan homiylik shartnomasini imzoladi.
2022-yil iyun oyida u sharob ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan Alma Soul deb nomlangan korxonasi uchun Argentinaning Mendoza, Chilining Maule viloyati va Italiyaning Friuli shaharlarida er sotib olganini eʼlon qildi.
Yutuqlar
Colo-Colo River Pleyt Barselona „Arsenal.com: Alexis Sanchez Player Profile“. 9-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-fevral 2015-yil.
Arsenal Manchester Yunayted Inter Milan Chili Shaxsiy sovrinlari
Rekordlari
Manbalar
uz.wikipedia.org