Alexis Saelemaekers
Alexis Jesse Saelemaekers (1999-yil, 27-iyunda tugʻilgan) — belgiyalik professional futbolchi, Serie A Milan klubi va Belgiya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi. U asosan hujumda oʻynasada, qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi.
Jamoalardagi faoliyati
Anderlecht
2017-yilning oktabrida Saelemaekers Anderlecht bilan 2019-yilgacha shartnoma imzolagan. 2018-yilning 16-fevralida u Sint-Truidenga qarshi oʻyinda rasmiy debyut oʻtkazdi. U 77-daqiqada maydonga tushdi. 2018-yilning 8-iyunida u shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirdi.
AC Milan
2020-yil, 31-yanvarda Milan Saelemaekersni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oldi. Xabar qilinishicha, Milan doimiy ravishda shartnoma imzolagan taqdirda 3,5 million yevro va bonuslar sifatida 1 million yevroga rozi boʻlgan. U 2020-yilning 2-fevralida Verona ga qarshi oʻyinda (1:1) Davide Calabria oʻrniga oʻyinda debyut qilgan.
2020-yilning 1-iyulida Saelemaekers Milan bilan shartnoma imzoladi va bu shartnoma uni 2024-yilning 30-iyuniga qadar klubda qoldiradi. 18-iyul kuni u klub safidagi ilk golini A Seriyada Bolognaga qarshi uyinda 5:1 hisobida urdi.
2020-21: 2020-yilning birinchi oktabrida Saelemaekers Yevropa ligasi saralash bahsida Rio Ave darvozasiga mavsumdagi ilk golini urdi. Uning navbatdagi goli 26-oktabr kuni Romaga qarshi oʻyinda (3:3) qayd etilgan, mavsumdagi uchinchi va soʻnggi goli 20-dekabr kuni Sassuologa qarshi oʻyinda, Milan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu mavsumda u 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2021-22: 2021-yil, 15-oktabrda Saelemaekers maoshini oshirgan holda shartnomasini 2026-yil, 30-iyungacha uzaytirdi.
4-dekabr kuni u joriy mavsumdagi ilk golini Salernitana darvozasiga kiritdi, natijada 2:0 hisobida gʻalaba qozongan chap oyoqning kuchli zarbasi. Uning navbatdagi goli 2022-yil, 13-yanvarda Italiya kubogi doirasidagi Genoaga qarshi oʻyinda, qoʻshimcha vaqtda Milan 3:1 hisobida gʻalaba qozonganida kiritilgan gol.
Xalqaro karyera
Saelemaekers Belgiya terma jamoasi bilan 2020-yil, 8-oktabrda Kot-d’Ivuar bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) debyut qildi.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil, 30-avgust holatiga ko'ra[15]
Xalqaro
2022-yil, 29-mart holatiga ko'ra[16]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Belgiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi. Ballar ustuni Saelemaekersning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.[16]
Faxrlar
AC Milan Manbalar
Havolalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org