Alexandre Letellier





Alexandre Letellier (1990-yil, 11-dekabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi Paris Saint-Germain darvozaboni sifatida oʻynaydi.




Klubdagi faoliyati



Paris Saint-Germain



Parijda tugʻilgan Letellier oʻz faoliyatini Paris Saint-Germainda (PSG) boshlagan va 2009-10-yilgi mavsumda oʻrinbosarlar jamoasida 14 ta oʻyinda maydonga tushgan. 



Angers



Letellier 2010-yilning yozida Angersga o‘tgan, biroq klubdagi dastlabki ikki yilida asosiy jamoaga kira olmadi. U professional debyutini 2012-yil, 7-avgust kuni Coupe de la Ligueda Nantesga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi va o‘sha mavsumda Angers safida birinchi Liga 2 o‘yinini o‘tkazdi va Niortga qarshi o‘yinda (0:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


2018-yilning yanvarida Letellier Yang Boys tomonidan mavsum oxirigacha ijaraga olingandi. Yozda u yana Angers tomonidan, bu safar Troyesga va mavsumiy ijaraga beriladi. 2019-yilning iyul oyida Alexandre Letellier Eliteseriyaning Sarpsborg 08 jamoasiga yil oxirigacha ijaraga berildi.



Orléans



2020-yil, 27-yanvarda Alexandre Letellier Orléans klubi bilan shartnoma imzoladi. U jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, klub Liga 2dan tushib ketdi. U yozda erkin agentga aylangan.



Paris Saint-Germain qaytish



2020-yil, 25-sentyabrda Letellier Paris Saint-Germainga qaytdi. U klub bilan 2021-yilning 30-iyunida tugaydigan shartnoma imzoladi. Oʻsha kuni u PSGda yana bir yil qolish uchun shartnomani uzaytirdi.


2022-yil, 21-may kuni, Liga 1ning 2021-22-yilgi mavsumining so‘nggi o‘yinida Letellier Parc des Princes stadionida Metz klubi ustidan 5:0 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozongan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va PSG safida debyut qildi. Bu jarayonda u parijliklarning asosiy jamoasida o‘ynagan 484-o‘yinchi bo‘ldi va PSG safida Liga 1 g‘olibi medali bilan taqdirlandi. 2022-yilning 6-iyulida Letellier klub bilan ikki yillik shartnomani uzaytirgani eʼlon qilindi.



Shaxsiy hayoti



Uning rafiqasi Chloe bilan oʻgʻli bor.



Faoliyat statistikasi



2022-yil, 6-iyul holatiga ko'ra

Yutuqlar



Angers




Young Boys




Paris Saint-Germain




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz