Alexander Sørloth
Aleksandr Sørlot (talaffuzi: Aleksandr Sorlot; 1995-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Bundesliganing RB Leipzig klubidan ijaraga oʻtgan holda La Liganing Real Sociedad klubi va Norvegiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Rosenborg
Sørloth Rosenborgninng yosh toifadagi jamoasi safida bir qancha oʻyinlarda maydonga tushganidan keyin 2013-yil iyul oyida klub bilan shartnoma imzoladi. Birinchi professional oʻyinini Yevropa Ligasi birinchi saralash bosqichining ikkinchi yarmida Crusadersga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va gol urdi. Uchrashuv „Rusenborg“ning 7:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi
Groningen
2015-yilning 6-noyabrida Sørlot mavsum oxirida 4,5 yillik shartnoma asosida Groningen klubiga o‘tishini tasdiqladi. Groningen 750 ming yevro atrofida pul toʻlagan.
Midtjylland
2017-yil 1-iyun kuni Midtjylland klubi Sørloth bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Crystal Palace
2018-yilning 31-yanvarida Sørlot 9 million funt sterling evaziga Crystal Palace bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-fevralida Evertonga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi. 28-avgust, seshanba kuni Sørloth Crystal Palace safidagi birinchi golini „Swansea City“ga kiritdi (1:0).
Gentga ijara 2019-yil 8-yanvarda Sørlot Belgiyaning birinchi divizioni A vakili KAA Gentga yarim mavsumlik ijaraga oʻtdi.
Trabzonsporga ijara 2019-yil avgustida Sørloth Turkiya Superligasining Trabzonspor klubi bilan muvsumiy ijara shartnomasi imzoladi.
RB Leipzig
2020-yil 22-sentyabrda Sørlot RB Leipzig bilan shartnoma imzoladi. 20 million yevro va potensial qo‘shimchalar uchun 2 million yevro evaziga barcha daromad Trabzonspor va Crystal Palace o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2020-yil 2-dekabrda UEFA Chempionlar Ligasi 2020—2021. da İstanbul Başakşehirga qarshi o‘yinda (4:3) klubdagi birinchi golini urdi.
Real Sociedadga ijara 2021-yil 25-avgustda Sørlot La Liganing Real Sociedad jamoasiga bir mavsumlik ijara asosida o‘tdi.
Shaxsiy hayoti
Sørloth sobiq Rosenborg futbolchisi va Norvegiya terma jamoasi futbolchisi Gøran Sørlothning oʻgʻli.
2021-yil 31-may kuni uning Instagram’dagi posti 3,5 million izohdan oshib ketdi va bu sportchining Instagram’dagi eng ko‘p sharhlangan postiga aylandi. Izohlar asosan Turkiyaning „Trabzonspor“ futbol klubi muxlislari tomonidan yozilgan boʻlib, muxlislar uni klubga qaytishini soʻrashgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
13-noyabr, 2022-yil[14][1][15]
Xalqaro
20-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[16]
20-noyabr, 2022-yil
Yutuqlari
Klub
Rosenborg Midtjylland Trabzonspor Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org