Alexander Schlager





Alexander Schlager (talaffuzi: Aleksandr Shlager; 1996-yil 1-fevralda Zalsburg shahrida tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „LASK“ futbol klubi va Avstriya terma jamoasi darvozaboni. 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.




Klublardagi faoliyati



Schlager oʻz shahrining „Red Bull Salzburg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yuqori raqobat tufayli u asosiy jamoada va hatto „Liefering“ futbol klubida debyut oʻtkaza olmagan. 2014-yilda Aleksandr Germaniyaning „RB Leyptsig“ futbol klubiga ijaraga berildi. 2015-yilning yozida Schlager „Gröding“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 25-iyul kuni „Rheindorf Altach“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida asosiy jamoa safida debyut qildi.



Xalqaro faoliyati



2013-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Schlager Slovakiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Shveysariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻsha yili Aleksandr BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Kanada, Argentina va Eron jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


2015-yilda Schlager Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Gretsiya, Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.


2019-yil 16-noyabr kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Schlager Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi. 2021-yilda Schlager Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zahirada qolgan va maydonga tushmagan.



Statistika



2022-yil 13-noyabr holatida

Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz