Alexander R. Todd





TODD Aleksander (1907.2.10, Glazgo — 1997.10.1) — ingliz organik kimyogari. Manchester universiteti kimyoviy laboratoriyalari direktori (1938—44). Kembrij universiteti professor (1944—71). Ilmiy siyosat boʻyicha Buyuk Britaniyaning davlat maslahat kengashi raisi (1952— 64). Asosiy ilmiy ishlari nukleotidlar, nukleotid koenzimlar va nuklein kislotalar kimyosiga oid. Ribozaning furan shaklini va glikozid markazining rkonfiguratsiyasini aniqlagan (1939—41). Dezoksiuridin va barcha ribonukleozidlarni (1941—44), shuningdek, nukleotidadenil kislotani (1947) sintez qilgan, tarkibida 3’5’nukleotidlararo bogʻi boʻlgan dinukleotid sintezini ilk bor amalga oshirgan (1955). London kimyo jamiyati prezidenti (1960—62). Nobel mukofoti laureati (1957).



Manbalar





















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz