Alexander Misurkin
Alexander Misurkin (ruscha: Aлександр Мисуркин) (1977-yil 23-sentyabrda tugʻilgan), Rossiya Harbiy- havo kuchlari mayori, 2006-yilda tanlangan rus kosmonavti. Alexander oʻzining birinchi kosmik missiyasini 2013-yil 28-mart kuni “Soyuz TMA-08M” bortida amalga oshirgan. 2017-yilda ikkinchi parvozini “Soyuz MS-06” kemasida amalga oshirgan. U 54-ekspeditsiya uchun Xalqaro kosmik stantsiya qoʻmondoni boʻlgan.
Shaxsiy
Misurkin Olga Anatolievna Misurkina bilan turmush qurgan. Er-xotinning ikki farzandi bor. Uning ota-onasi Lyudmila Georgievna va Aleksandr Mixaylovich Misurkin Rossiyaning Oryol shahrida istiqomat qilishadi.
Taʼlim
1994-yilda Misurkin Oryol shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabini tamomlagan. Keyin u Kacha Oliy havo kuchlari uchuvchilar maktabiga oʻqishga kirdi va u yerda 1998-yil sentyabrgacha oʻqidi. Shundan soʻng Misurkin oʻqishni
Armavir harbiy aviatsiya institutida davom ettirdi. U 1999-yil oktyabr oyida uchuvchi-muhandis mutaxassisligini oltin medal bilan tamomladi.
Kosmonavt faoliyati
2006-yil oktyabr oyida Misurkin kosmonavt nomzodi sifatida tasdiqlandi va Yuriy Gagarin Kosmonavtlarni tayyorlash markazi (GCTC) kosmonavtlar korpusiga qabul qilindi. U 2007-yil fevralidan 2009-yil iyunigacha GCTC da asosiy tayyorgarlikdan oʻtdi va 2009-yil 2-iyunda tugatdi. Misurkin 2009-yil 9-iyunda sinov-kosmonavt sifatida malakaga ega boʻldi.
U 2009-yil avgustidan 2011-yil fevraligacha Xalqaro kosmik stansiya (XKS) dasturiga ixtisoslashgan holda malaka oshirdi. 2011-yil yanvar oyidan boshlab Misurkin 33/34 ekspeditsiyasi va Soyuz TMA-M zaxira ekipaji bort muhandisi sifatida malaka oshirdi.
2014-yilda u Scott Tingle, Luca Parmitano, Sergey Kud-Sverchkov va Matthias Maurer bilan birga Yevropa kosmik agentligining ESA CAVES missiyasida ishtirok etdi.
Statistika[4]
Manbalar
uz.wikipedia.org