Alexander Huber





Alexander Huber (talaffuzi: Aleksandr Xuber; 1985-yil 25-fevral) — tojikistonlik nafaqadagi professional futbolchi. Himoyachi sifatida oʻynagan.




Yoshligi



Huber Sovet Ittifoqining Leninobod shahrida tugʻilgan va 1989-yilda Germaniyaning Marburg hududi, Neustadt shahriga kelgan.



Klublardagi faoliyati



Huber oʻz faoliyatini 1993-yilda Khujand klubida boshlagan. Shuningdek 1993-yil oxirida VfL Neustadtda oʻynay boshlagan. 1999-yilning yozida Eintracht Frankfurt jamoasi tomonidan sotib olingan va 2004-yilda asosiy jamoaga oʻtgan. 2. Bundesligadagi birinchi mavsumida yettita oʻyindan soʻng, 2006-yilning yanvarida Regionalliga West/Südwes vakli TSG 1899 Hoffenheimga ijaraga berildi. Mavsum oxirigacha „Hoffenheim“ safida oltita o‘yin o‘tkazdi. 2006-yilning yozida Frankfurtning „Eintracht“iga qaytdi va 2006-yilning dekabrigacha jamoada oʻynadi, Keyin Eintracht Braunschweigga oʻtdi. Braunschweig quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, oʻzining sobiq klubi Eintracht Frankfurtda mashgʻulotlar oʻtkazdi va Hamburger SV zaxira jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hamburger SV II bilan bir yil oʻynagach, 2008-yil yozida Kickers Offenbach bilan shartnoma imzoladi.


2017-yilning yozida Huber futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.



Xalqaro faoliyati



Huber Germaniya U20 terma jamoasi safida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urdi. Gollandiyada boʻlib oʻtgan 2005-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida jamosi safida oʻynadi va keyinchalik Germaniya B terma jamoasi bilan 2006-yilda bitta oʻyinda ishtirok etgan. Shuningdek, Huber Tojikiston pasportiga ham ega.


2017-yil 2-iyun kuni Huber ilk bor Tojikiston terma jamoasiga 2017-yil 13-iyun kuni Osiyo Kubogi—2019 saralashining 3-bosqichi doirasida Filippinga qarshi o‘yinga chaqirildi. Oʻyinning birinchi boʻlimida toʻliq oʻynadi, tanaffusda zaxiraga olindi.



Faoliyat statistikasi



Klubda




Xalqaro




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz