Alexander Coosemans
Alexander Coosemans (talaffuzi: Aleksandr Kuzmans; 1627-yil, Antverpen – 1689-yil, Antverpen) – janubiy niderlandiyalik (flamand) rassom, flamand barokko uslubidagi natyurmort ustasi. Rassom gullar va mevalar aks etgan kompozitsiyalarni, shuningdek, vanitas janridagi natyurmortlarni va flamandcha „hashamatli natyurmortlar“ (pronkstillevens)ni chizgan.
Biografiyasi
Coosemansning hayoti haqida juda kam maʼlumotlar mavjud. Rassom Antverpenda tugʻilgan, u yerda 1627-yil 18-martda choʻqintirilgan. Uning otasi bryussellik duradgor boʻlib, 1617-yilda Antverpenga koʻchib kelgan. Onasi Gertruda Bek. Otasi gazlamalarni sotishdan daromad qila boshlagani sababli oʻgʻlini yaxshi oʻqituvchida oʻqitadi .
1641-yilda Coosemans Gollandiyadagi yetakchi natyurmort rassomi Jan Davidsz. de Heemga shogirdlikka tushadi. 1645-yilda Antverpendagi „Sint-Lucasgilde“ (tarjimasi „Avliyo Luka gildiyasi“)ning rassomi boʻladi.
1649—1651-yillarda Coosemans Italiyada boʻlib, Doria-Pamfili-Lendi oilasining buyurtmasiga asosan Villa del Principedagi dekorativ panellar uchun meva va gullar aks etgan natyurmortlarni chizgan.
Coosemans 1651-yilda Antverpenga qaytib keladi va umrining oxirigacha uylanmasdan, yakka yashagan. 1689-yilda vafot etgan.
Ijodi
Coosemans asosan gullar, mevalar va jonsiz narsalarni chizgan. Shuningdek, vanitas va hashamatli natyurmortlar (pronkstillevens) janrida natyurmortlar chizgan. Uning natyurmortlari ancha xilma-xil boʻlgan. Rassom suratlarni chizishda soya effektlaridan foydalanishni afzal koʻrgan. Bu shaxsiy uslubi Italiyada boʻlgan paytda paydo boʻlgan.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org